Tramp Jorjiyada “g‘alaba” nutqi bilan chiqish qiladi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bugun, 4 yanvar kuni Jorjiya shtatida “g‘alaba” nutqi bilan chiqish qiladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib xabar berilmoqda. 

“Prezident Oq uydan soat 18:10da Jorjiyaning Delton shahrida g‘olibona miting o‘tkazish uchun jo‘nab ketadi”, deyilgan Trampning kunlik jadvalida. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Jorjiyadagi prezidentlik saylovlarida demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden g‘olib chiqqan. 

Jorjiyaga bo‘ladigan bugungi tashrif esa, Tramp va shtatning davlat kotibi Bred Raffensperger tomonidan amalga oshirilgan telefon suhbati fonida bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra, Tramp Raffenspergerni shtatdagi unga berilgan ovozlarni qayta hisoblashga ko‘ndirgan. 

Qayd etilishicha, Jorjiyadagi Respublikachilar rasmiylari saylovlardagi ovozlarni uch marotaba sanab chiqqan va har safar Bayden Trampni ozgina farq bilan mag‘lub etgani ma’lum bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2020 yilning noyabr oyida Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblikni Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 306 ta saylovchi kollegiyalar ovozini, Tramp esa 232 ta ovoz olgan. G‘olib bo‘lish uchun 270 ovoz yetarli edi.

Keyinchalik Jo Baydenning rasman AQSH Prezidenti etib saylangani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing