Tramp Jonsonni ogohlantirdi
Olam
−
26 yanvar 2020
10093AQSH Prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonni Huawei kompaniyasining Britaniyada beshinchi avlod mobil aloqasini (5G) ishga tushirishda ishtirok etishi milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi haqida ogohlantirgan. Bu haqda “Times” gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, Oq uy rahbari 24 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati davomida bu haqda aytgan. Tramp Jonsonga Buyuk Britaniya va AQSH hamkorlikda Huawei’ning Britaniyada 5G tarmog‘ini rivojlantirishda ishtirok etishiga alternativ bo‘lgan boshqa bir qo‘shma loyiha yaratishni taklif qilgan.
Reuters’ning xabar berishicha, Britaniya Milliy Xavfsizlik Kengashi Bosh vazir boshchiligidagi yig‘ilishda Huawei’ga milliy telekommunikatsiya tizimi, shu jumladan tarmoq tizimi va boshqa "yadro bo‘lmagan infratuzilma"ga cheklangan kirish huquqini berishga rozi bo‘lgan.
Britaniya hukumati 28 yanvar kuni o‘z qarorini rasman e’lon qiladi.
LiveBarchasi