Tramp “jannatga kirish” uchun tarafdorlaridan pul so‘radi
Olam
−
04 Sentabr 8336 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlariga elektron pochta orqali “jannatga borishi” uchun 15 dollar xayriya qilishni so‘radi. Bu haqda “Metro” gazetasi yozdi.
“Men jannatga kirishga harakat qilmoqchiman”, deb yozgan Oq uy rahbari.
Tramp o‘tgan yili o‘ldirilishiga bir baxya qolgani va “o‘q uning terisini teshib o‘tganini” eslagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning Oq uyga “g‘alabali” qaytishi hech qachon bo‘lmasligi kerak edi. Biroq, u Xudo uni “Amerikani yana buyuk qilish” uchun qutqarganiga ishonishini ta’kidlagan.
Tramp o‘z murojaatida tarafdorlari doimo, jumladan, prezidentlik saylovlarida ham, sud jarayonlarida ham, suiqasd paytida ham u bilan birga bo‘lganini ta’kidladi.
“Endi dunyoga biz hech qachon ortga chekinmasligimizni va bu mamlakatni qutqarish uchun kurashda taslim bo‘lmasligimizni ko‘rsatish vaqti keldi. Shuning uchun men 24 soatlik mablag‘ yig‘ishni boshladim va bu sa’y-harakatlarni hisobga olish uchun barchadan 15 dollar xayriya qilishni so‘rayman”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda AQSHning hukumat idoralarida, shuningdek Oq uyda mamlakat bayrog‘i yarmigacha tushirilgani aks etgan suratlar tarqalgandi. Bu suratlar ayniqsa Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Trampning “vafot etgani” haqidagi mish-mishlar tarqalgan bir paytda ko‘p tarqala boshladi. Bu esa uning “o‘limi” borasidagi gaplarni yanada kuchaytirdi. Ammo Tramp tirik, uning sog‘ligi joyida. Buni ismini oshkor etmagan AQSH rasmiysi “Axios” nashri jurnalisti Barak Ravidga ma’lum qilgan.
Yaqinda Tramp sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgandi. Iyul oyida Oq uy uning oyoqlari shishishiga olib keladigan surunkali venoz yetishmovchilik, deb nomlanuvchi qon-tomir kasalligi borligini tasdiqladi. Vaziyat tomirlardagi bosimning oshishiga olib keladi va shish paydo bo‘lishiga, shuningdek, oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin, ammo bu hayot uchun xavfli emas deb baholangan. Trampning ahvoli rasmiy kanallar orqali e’lon qilinishidan avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlarda uning oyoqlari shishib ketgani ko‘rinib, sog‘lig‘i haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.
“The Daily Beast”ning yozishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning qo‘lida ko‘karishlar paydo bo‘lgan va Oq uy rahbari buning ortidan qo‘liga krem surkab olgan. 79 yoshli davlat rahbari yana o‘z lavozimiga kirishganidan beri u bir necha bor o‘ng qo‘lidagi ko‘karishlarni kosmetika vositasi bilan yashirishga majbur bo‘lmoqda.