Tramp qayerda? Tarmoqlarda uning o‘lgani aytilmoqda
Olam
−
30 avgust 22733 2 daqiqa
Bugun, 30 avgust kuni #Trumpisdead (Tramp o‘ldi) xeshtegi ijtimoiy media platformalarida, xususan, X'da trendga aylana boshladi va bu AQSH Prezidenti Donald Trampning sog‘lig‘i bilan bog‘liq mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
Ushbu tendensiya Oq uyda o‘tkazilgan jonli efirining kutilmagan uzilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi, unda: “Bizni kuzatib boring – biz tez orada yana jonli efirda bo‘lamiz”, degan xabarni ko‘rish mumkin.

Ushbu texnik muammo tobora kuchayib borayotgan mish-mishlarni ko‘paytirdi, ba’zi foydalanuvchilar buni Prezidentning tirikligi bilan bog‘liq xavotir belgisi sifatida talqin qildi.
Hozircha Oq uy yoki Prezident Tramp tomonidan mish-mishlarga hech qanday rasmiy bayonot berilmagan. Kundalik chiqishlarning yo‘qligi va jonli efirning vaqtincha to‘xtatilishi yuqoridagi taxminlarga sabab bo‘ldi, ammo Prezidentning o‘limini tasdiqlovchi ishonchli dalillar yo‘q.
27 avgust kuni AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensdan “dahshatli fojia” yuz bergan taqdirda Trampning o‘rnini egallashga tayyor, yoki yo‘q ekanligini so‘rashdi. USA Today nashriga bergan intervyusida Vens Trampning yaxshi holatda ekanini ta’kidladi, ammo bu imkoniyatni inkor etib bo‘lmasligini ham qo‘shimcha qildi.
“U kechasi telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiradigan oxirgi odam va ertalab uyg‘onib, birinchi qo‘ng‘iroq qilagan odam. Ha, dahshatli fojialar ro‘y bermoqda. Lekin men ishonamanki, Qo‘shma Shtatlar Prezidenti yaxshi holatda, u o‘z muddatining qolgan qismini o‘taydi va Amerika xalqi uchun buyuk ishlar qiladi. Agar, Xudo ko‘rsatmasin, dahshatli fojia yuz bersa, men oxirgi 200 kun ichida olganimdan ko‘ra yaxshiroq ishga tayyorgarlik haqida o‘ylay olmayman”, dedi Vens.
Yaqinda Tramp sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga ham duch keldi. Iyul oyida Oq uy uning oyoqlari shishishiga olib keladigan surunkali venoz yetishmovchilik, deb nomlanuvchi qon-tomir kasalligi borligini tasdiqladi. Vaziyat tomirlardagi bosimning oshishiga olib keladi va shish paydo bo‘lishiga, shuningdek, oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin, ammo bu hayot uchun xavfli emas deb baholangan. Trampning ahvoli rasmiy kanallar orqali e’lon qilinishidan avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlarda uning oyoqlari shishib ketgani ko‘rinib, sog‘lig‘i haqida taxminlar paydo bo‘lgandi.
Live
Barchasi