Tramp Zelenskiyning taklifini rad etdi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyning mamlakatga tashrif buyurish taklifini rad etdi. Bu haqda u kecha, 6 noyabr kuni “Newsmax” televizion tarmog‘iga bergan bayonotida ma’lum qildi.

“Men Prezident Zelenskiyni hurmat qilaman, lekin hozirda Ukrainaga safar qilish noo‘rin, deb hisoblayman. Bayden ma’muriyati hozirda u bilan shug‘ullanmoqda va men manfaatlar to‘qnashuvini yaratmoqchi emasman”, degan Tramp. 

Ma’lumot uchun, 5 noyabr kuni Zelenskiy NBC telekanaliga bergan intervyusida Trampni Ukrainaga taklif qilgan va AQSH sobiq prezidentiga urushni 24 soat ichida tinch yo‘l bilan to‘xtatib bo‘lmasligini 24 daqiqada tushuntirib qo‘yishini aytgan.

"Shunday qilib, men prezident Trampni taklif qilaman. Agar u bu yerga kela olsa, menga 24 daqiqa kerak bo‘ladi – ha, 24 daqiqa, undan ko‘p emas. Prezident Trampga bu urushni to‘xtatishning imkoni yo‘qligini tushuntirishimga yigirma to‘rt daqiqa yetadi", degan Zelenskiy

Shuningdek, Zelenskiy AQSHni Rossiyaga qarshi turishda yordam berish uchun ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirgan va agar Vashington qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmasa, amerikalik askarlar oxir-oqibat Rossiya bilan Yevropadagi katta mojaroga tortilishi mumkinligidan ogohlantirgan.

“Agar Rossiya barchamizni o‘ldirsa, NATO davlatlariga hujum qiladi va siz o‘g‘il-qizlaringizni jangga yuborasiz”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 2024 yilda AQSH prezidentligiga saylansa, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing