Tramp Zelenskiyning taklifiga ko‘ndi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 28 may kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

AQSH Prezidentidan uch tomonlama uchrashuvning ehtimoli haqida so‘ralganda, “agar bu zarur bo‘lsa – bo‘lsin”, deya javob bergan.

U, shuningdek, Oq uy hozirda AQSH va Rossiya Prezidentlarining shaxsiy uchrashuvini tashkil etish ustida ishlayotgani haqida ham gapirgan. 

“Hozirda biz Prezident Putin bilan uchrashuv ustida ishlayapmiz. Vaziyat qanday kechayotganini ko‘ramiz. Menimcha, hammasi yaxshi, lekin ko‘ramiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Qayd etish joij, 23 may kuni Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Ukraina va Rossiya Prezidentlari – Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasida yuqori darajadagi uchrashuvni tashkil etish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, agar ikki mamlakat muzokarachilari muayyan kelishuvlarga erishsa, Prezident Putin Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini bildirgan. Biroq qanday kelishuvlar nazarda tutilayotgani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi. Zelenskiyga ko‘ra, AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing