Tramp Zelenskiyni zudlik bilan noyob metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga chaqirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni imkon qadar tezroq noyob metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga chaqirdi. Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Tramp Ukraina haligacha shartnomani imzolamaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

“Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina Qo‘shma Shtatlar bilan noyob metallar bo‘yicha juda muhim kelishuv bo‘yicha yakuniy hujjatlarni imzolamadi. Imzolash allaqachon kamida uch haftaga kechiktirilgan. Umid qilamanki, u darhol imzolanadi”, deb yozdi Tramp.

Shu bilan birga, Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik jarayoni hamon muammosiz ketayotganini va bu yo‘nalishdagi ishlar davom etayotganini ta’kidladi.

Kiyev va Vashington bir necha oydirki, mineral resurslar bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 15 fevral kuni Myunxenda Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuvni tasdiqlashdan bosh tortdi va unda “xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha aniq narsalar” yo‘qligini tushuntirdi. O‘shandan beri tomonlar kelishuvning yangi tahririni muhokama qilishmoqda.

30 mart kuni Donald Tramp Zelenskiyni kelishuvdan chiqish niyatidalikda aybladi.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing 1 aprel kuni ma’lum qilishicha, Kiyev Vashington bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv ikki davlat manfaatlariga o‘zaro mos kelishini ta’minlashga harakat qilmoqda.

6 aprel kuni Ukraina Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko kelishuvning yakuniy versiyasi haligacha yo‘qligini aytdi. Aprel oyi boshida Ukraina delegatsiyasi shartnoma parametrlarini muhokama qilish uchun AQSHda bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing