Tramp va Putin nomzod bo‘lgan tinchlik bo‘yicha Nobel o‘z egasini topdi

Olam

image

2020 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ochlik bilan kurashish, ziddiyatli hududlarda tinchlikka erishish sharoitlarini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturiga berildi.

World Food Programme (WFP) – yiliga 4 millionga yaqin odamni oziq-ovqat bilan ta’minlovchi dunyodagi eng yirik gumanidar tashkilot. Tashkilot 1963 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda ochlik va qashshloqlikka qarshi kurash vositasi sifatida tashkil etilgan.

Bu hafta Nobel qo‘mitasi allaqachon fiziologiya va tibbiyot, fizika va kimyo va adabiyot sohalaridagi laureatlar nomini e’lon qildi. Nobel haftaligi 12 oktyabr kuni iqtisodiyot bo‘yicha mukofot egasi e’lon qilingach, yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, Tinchlik uchun Nobel mukofotiga AQSH Prezidenti Donald Tramp, Rossiya Prezidenti Vladimi Putin ham nomzod bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nobel'

Baholaganlar

1330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing