Tramp va Mers Ukraina masalasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

Olam

image

Kecha, 8 may kuni Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan birinchi marta qo‘ng‘iroqlashdi va Ukraina bo‘yicha fikr almashdi. Bu haqda “Tagessachu” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida Mers Oq uy rahbarini Germaniyaga, Tramp esa o‘z navbatida kanslerni Vashingtonga taklif qilgan.

Yarim soatga yaqin davom etgan suhbatning asosiy qismi Ukrainadagi urush masalasiga bag‘ishlangan. Germaniya hukumati vakili Shtefan Korneliusning ma’lum qilishicha, Germaniya va AQSH Rossiya harbiy boqinini to‘xtatish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga kelishib olgan. Tramp va Mers Rossiya muzokaralarga maydonni bo‘shatish uchun o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerak, degan fikrga kelgan.

Mers va Tramp, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklarini imkon qadar tezroq hal qilish kerakligini ta’kidlagan.

Umuman olganda, yangi kansler urushni to‘xtatish uchun faol harakat qilmoqda. Masalan, u joriy yilning 7 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalalarini muhokama qilgan. Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar urush maydonida AQSHning o‘rnini bosa olmaydi.

Shuningdek, kansler Tramp bilan suhbatda Germaniya AQSH rahbarligi ostida va ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etishga tayyorligi ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Berlindagi Bendlerblok harbiy majmuasi hovlisida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tgan edi. An’anaviy “Buyuk oqshom shon-shuhrati” marosimida so‘zlagan Shols hamjihatlikka, demokratik qadriyatlarni asrab-avaylashga chaqirgan. 6 may kuni esa Bundestag ovoz berishning ikkinchi bosqichida Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Mersni Germaniya kansleri etib saylagandi. Mers saylanishi uchun 316 ovoz kerak edi, u birinchi bosqichda 310 ta ovoz, ikkinchi bosqichda esa 325 ovoz oldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Ukraina Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing