Bundestag Mersni Germaniya kansleri etib sayladi

Olam

image

Bundestag ovoz berishning ikkinchi bosqichida Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Mersni Germaniya kansleri etib sayladi.

Mers saylanishi uchun 316 ovoz kerak edi, u 325 ovoz oldi. Uning nomzodiga 289 deputat qarshi ovoz berdi, 1 nafari betaraf qoldi.

“Men ovoz berish natijalarini qabul qilaman”, dedi bugun, 6 may kungi ovoz berishning birinchi bosqichida g‘alaba qozona olmagan Mers.   

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Berlindagi Bendlerblok harbiy majmuasi hovlisida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tgan edi. An’anaviy “Buyuk oqshom shon-shuhrati” (Der Große Zapfenstreich) marosimida so‘zlagan Shols hamjihatlikka, demokratik qadriyatlarni asrab-avaylashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Fridrix Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing