Tramp impichment oldidan o‘ziga ikkita yangi advokat tayinladi
Olam
−
01 fevral 2021
2744AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp impichment bo‘yicha sud jarayonida yuridik guruhiga rahbarlik qilish uchun ikkita advokat tanladi. Bu haqda "Axios"ga asoslanib xabar berilgan.
Sobiq davlat rahbarining idorasidan ma’lum bo‘lishicha, ushbu advokatlar kichik Bryus L. Kastor va Devid Shen.
Ta’kidlanishicha, Devid Shen sud jarayoniga tayyorgarlik paytida Tramp bilan ishlagan.
Aniqlik kiritilishicha, siyosatchi Butch Bauers va Debora Barbe o‘z jamoasidan ketganidan keyin shunday qarorga kelgan. Keyinchalik Jonni Gesser, Josh Hovard va Greg Harris ham sobiq Prezident jamoasini tark etgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, respublikachilar jamoasining barcha a’zolari impichment jarayonini Konstitutsiyaga zid deb hisoblashmoqda.
AQSH Senati Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni joriy yilning 8 fevralidan boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.