Tramp o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 1 sentyabr kuni o‘limi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Hayotimda hech qachon o‘zimni bundan yaxshi his qilmaganman”, deb yozgan Tramp.

Oq uy rahbarining “o‘limi” haqidagi mish-mishlar vitse-prezident Jeyms Devid Vens Trampga biror narsa bo‘lsa, AQSH Prezidenti bo‘lishga tayyorligini aytganidan keyin paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, Vens rahbar yaxshi formada ekaniga va butun prezidentlik muddati davomida ishlashiga ishonch bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 30 avgust kuni X'da o‘n “Trump is dead” (Tramp o‘ldi) xeshtegi bilan minglab postlar paydo bo‘ldi. Biroq o‘sha kuni nomi oshkor etilmagan amerikalik amaldor “Axios” jurnalisti Barak Ravid bilan suhbatda Trampning sog‘lig‘i yaxshi ekanini va “ertalab golf o‘ynayotganini”ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing