Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Yevropadan g‘azabda – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp jamoasi fevral oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Oq uy rahbari o‘rtasidagi janjaldan keyin Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotganidan g‘azablandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Trampni Zelenskiy Buyuk Britaniya qiroli Charlz III bilan ko‘rishgani g‘azablantirgan.

Qolaversa, Ukraina Prezidenti Rossiya bilan tinchlik kelishuvi “hali ham juda, juda uzoqda” ekanini aytgan intervyusi ham AQSH Prezidentining g‘azabiga sabab bo‘lgan.

“Politico” nashri bilan suhbatlashgan amaldorlarning fikricha, bu Trampni intervyudan bir kun o‘tmay Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishga undagan “trigger” bo‘lgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, ushbu voqealardan so‘ng, Parij, London va Berlindagi diplomatlar Ukraina va AQSH Prezidentlari o‘rtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklashga harakat qilgan. Sa’y-harakatlarga qaramay, ular hali ham keskin bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni Oq uyda AQSH Prezidenti va Ukraina rahbari o‘rtasida bahsli munozara bo‘lib o‘tgandi.  Ikki o‘rtadagi tortishuvdan so‘ng, Ukraina rahbari Oq uyni kutilganidan ko‘ra ertaroq tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing