Tramp Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish yo‘lini aytdi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp rubl maksimal darajada mustahkamlanganini qayd etib, Ukrainadagi mojaroni neft narxini bir barrel uchun 30-40 dollargacha pasaytirish orqali to‘xtatish mumkin, deb hisoblaydi. U bu fikrini kecha, 28 may kuni Vayomingdagi tarafdorlari oldida so‘zlab berdi. 

“Rossiya valyutasiga amal qilyapsizmi, bilmayman, lekin neftning yuqori narxi tufayli u hozir maksimal darajaga yetdi. Agar siz bu urushni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, neft narxini bir barrel uchun 30-40 dollargacha tushirishingiz kerak", deydi u. 

Amerikaning sobiq rahbarining fikricha, Rossiya neftning qanchalik qimmat sotilganidan boylik topmoqda.  

"Bundan tashqari, ular endi [to‘lov sifatida] faqat rublni, faqat o‘z valyutalarini qabul qilmoqdalar. Bizda dollar qolmaydi, bizda hech narsa qolmaydi", deb hisoblaydi respublikachi. 

Tramp demokrat Jo Baydenning amaldagi ma’muriyati kursini yana bir bor tanqid qilib, u Qo‘shma Shtatlarni energiya mustaqilligidan mahrum qilganini ta’kidladi. Tramp qayd etganidek, uning davrida Qo‘shma Shtatlar neft qazib olish bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirgan bo‘lardi. 

“Endi esa uni sotib olish uchun Venesuelaga murojaat qilishimiz kerak”, deya shikoyat qildi sobiq davlat rahbari. 

Ma’lum uchun, Bayden 8 mart kuni Rossiyadan energiya importini va Rossiya energetika sektoriga yangi sarmoya kiritishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. AQSH G‘aznachiligi Rossiyadan neft, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz va ko‘mir importi bo‘yicha operatsiyalarni 22 aprelgacha yakunlashni buyurdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

1473

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing