Tramp Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha rezolyutsiyaga bugun erishilishiga ishora qildi
Olam
−
19 avgust 2943 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng bugun Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha qaror qabul qilinishiga ishora qildi.
Yevropa yetakchilaridan iborat delegatsiya Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarda Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan uchrashmoqda va G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kelajagini shakllantirish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Yevropa yetakchilari kelajakdagi mojarolarning oldini olish uchun Trampni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan qattiq pozitsiyada turishga undashi kutilmoqda.

Prezident Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan birga Oq uydagi kameralar oldiga chiqdi. Ular jimgina qatorda turishib, suratga tushdi. Tramp o‘rtada, uning yonida Zelenskiy va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron turardi. Liderlar ayni paytda sharqiy xonada ko‘p tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqda.
“Biz bugun deyarli hamma narsa, shu jumladan, xavfsizlik bo‘yicha ham bir qarorga kelamiz”, dedi Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan birga.
O‘z so‘zlari boshida Tramp Zelenskiyga shunday dedi:
“Men siz va Prezident Putin biror narsani hal qilmoqchi ekaningizni his qilyapman. Oxir oqibat, bu qarorni faqat Prezident Zelenskiy va Ukraina xalqi ham Prezident Putin bilan kelishilgan holda qabul qilishi mumkin va men bundan juda yaxshi narsa chiqadi deb o‘ylayman”.
Xavfsizlik kafolatlari – Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymasdan uni himoya qilishga qaratilgan murosani ifodalashi. Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff avvalroq bunday kafolatlarni “5-moddaga o‘xshash himoya” deb ta’riflagan edi, bu esa NATOga a’zo mamlakatlarga beriladigan kafolatlarga o‘xshaydi.

Prezident Donald Tramp Yevropa yetakchilari bilan muzokaralari maqsadlarini aytib, ular Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarining bir qismi sifatida “kim nima qilishi” va urushni tugatish uchun “mumkin bo‘lgan hudud almashinuvi”ni muhokama qilishlarini aytdi.
“Prezident Putin Rossiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini qabul qilishiga rozi bo‘ldi va bu biz e’tiborga olishimiz kerak bo‘lgan asosiy fikrlardan biri, biz buni ko‘rib chiqamiz. Biz birgalikda Ukrainaga qarshi bo‘lajak tajovuzni to‘xtatib qo‘yadigan kelishuvga erishishimiz mumkinligiga optimistik ishonaman va aslida bunday bo‘lmaydi deb o‘ylayman”, dedi u.
Prezidentning ta’kidlashicha, hudud masalasi “hozirgi aloqa chizig‘ini” hisobga oladi.