Tramp tug‘ilganlik huquqi asosida fuqarolik olishni chekladi
Olam
−
09:39
3952AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHda tug‘ilganlik huquqi asosida fuqarolik olishni cheklovchi farmonni imzoladi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, AQSH dunyoda shunday qoidalar amal qilgan yagona davlat bo‘lib kelgan. Farmon federal agentliklarga odatda AQSH fuqarolariga beriladigan muayyan hujjatlarni rasmiylashtirishni taqiqlaydi.
Bu qaror farmon qabul qilinganidan keyin 30 kun ichida tug‘ilgan bolalarga nisbatan amal qiladi va u asosan quyidagi holatlarga taalluqli: ota-onasi AQSHda noqonuniy yashayotganlar yoki onasi vaqtincha mamlakatda bo‘lib turgan (masalan, vizaga ega) va otasi AQSH fuqarosi bo‘lmagan holatlar.
Qayd etilishicha, migratsiya bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydigan ayrim tarafdorlar noqonuniy muhojirlarning farzandlari AQSH yurisdiksiyasiga kirmaydi va Konstitutsiyaga ko‘ra fuqaro deb hisoblanmasligi kerak, deb hisoblashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Jo Bayden tomonidan bekor qilingan o‘lim jazosini AQSHda federal darajada tiklashi, shuningdek, Meksika chegarasiga qo‘shin yuborishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi