Tramp sobiq futbolchini shaharsozlik vaziri etib tayinlamoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp sobiq amerikalik futbolchi Skott Ternerni Uy-joy va shaharsozlik masalalari bo‘yicha kotib (vazir) etib tayinlamoqchi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu qaror Senat tomonidan tasdiqlansa, Terner adolatli uy-joy qonunlarini qo‘llaydigan, ipoteka sug‘urtasini boshqaradigan va kam ta’minlangan oilalarga ijara uchun subsidiyalar beradigan idorani boshqaradi.

Ma’lumot uchun, Terner 1994-2004 yillarda professional futbolchi bo‘lgan. Shundan so‘ng u siyosatchi sifatida faoliyat yuritgan. U Trampning birinchi prezidentlik davrida Oq uyning Imkoniyat va yangilanish kengashining ijrochi direktori bo‘lib ishlagan.

Tramp o‘z tanlovini e’lon qilar ekan, Terner bu lavozimda mamlakatning eng nochor ahvoldagi qatlamining ijtimoiy holatini o‘zgartirgan misli ko‘rilmagan sa’y-harakatlarni amalga oshirishda yordam berishini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Donald Tramp Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazi rahbarligiga Vakillar palatasining sobiq a’zosi Deyv Ueldonning nomzodini ilgari surgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikachi Donald Tramp AQSH moliya vaziri lavozimiga amerikalik investor Skott Bessentni, Adliya vaziri va Bosh prokurori lavozimiga nomzod sifatida Pem Bondini, Ta’lim vaziri lavozimiga ishbilarmon ayol va sobiq professional kurashchi Linda Mari Makmaxonni tayinlamoqchi ekanini ma’lum qilgandi.

Mohinur Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp shaharsozlik vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing