Tramp shtabi saylov yuzasidan sudga murojaat qildi
Olam
−
05 noyabr 2020 11957 1 daqiqa
AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning shtab-kvartirasi Jorjiya shtati sudiga ovozlarni hisoblashni to‘xtatishni talab qilib, da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Associated Press” ma’lum qilmoqda.
Avvalroq Trampning shtab-kvartirasi ovozlarni sanashni kuzatib borish imkoniyati yo‘qligi sababli, Michigan va Pensilvaniya shtatlarida hisoblashni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sudga murojaat qilgan edi.
Shuningdek, amaldagi Prezidentning tarafdorlari Viskonsin shtatidagi ovozlarni ham qayta sanashni talab qilmoqda.
Avvalroq, Donald Tramp AQSH saylov tizimiga zarar yetgani haqida gapirgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr