Tramp Shavkat Mirziyoyevga ham telefon qildi
Jamiyat
−
20:14 2292 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 23 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Bugun ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki ajoyib telefon suhbati o‘tkazdim. Biz davom etayotgan mojarolarni hal etishning ahamiyati, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik”, deb yozadi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tramp bilan oxirgi marta joriy yil 7 noyabr (Vashington vaqti bilan 6 noyabr) kuni Oq uyda uchrashgandi.