Tramp Rossiyani Ukraina masalasida “harakatni boshlash”ga chaqirdi
Olam
−
11 aprel 5352 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada davom etayotgan urush oqibatida hayotdan ko‘z yumayotgan odamlar sonini “juda ko‘p” deb baholab, Rossiyani mojaroni hal qilish yo‘lida harakat boshlashga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Rossiya harakatni boshlashi kerak. Haftasiga minglab odamlar halok bo‘layapti. Bu dahshatli va ma’nosiz urush bo‘lmasligi kerak edi. Agar men Prezident bo‘lganimda u bo‘lmasdi!!!” deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida AQSH Ukrainada 30 kunlik vaqtincha otashkesim o‘rnatish va keyinchalik urushni to‘liq tugatish bo‘yicha kelishuvga erishishni taklif qildi. Kiyev bu taklifni qisman qabul qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa ushbu tashabbus yuzasidan fikr bildirib, ayrim muhim jihatlarga, jumladan, Ukraina armiyasining qayta qurollanishi xavfini oldini olish zarurligiga e’tibor qaratdi.
AQSHning Rossiya va Ukraina bilan o‘tkazgan alohida maslahatlashuvlari natijasida tomonlar energetika ob’ektlariga nisbatan zarbalarni to‘xtatish, keyinchalik esa Qora dengizdagi hujumlardan voz kechish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov esa bu jarayon yuzasidan so‘zlar ekan, Rossiya AQSHning takliflarini “shunchaki” qabul qila olmasligini ta’kidladi.
Live
Barchasi