Tramp: Rossiya va Saudiya tez orada neft narxi bo‘yicha kelishib oladi

Olam

image
Putin Tramp bilan koronavirus va neft narxi bo‘yicha gaplashib oldi north_east

Putin Tramp bilan koronavirus va neft narxi bo‘yicha gaplashib oldi

Rossiya va Saudiya Arabistoni neft narxi bo‘yicha qandaydir kelishuv ustida ish olib boryapti, deb hisoblamoqda AQSH Prezidenti Donald Tramp. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Rossiya, Saudiya Arabistoni, o‘ylashimcha, bir necha kundirki ular nimadir ishlab chiqyapti... Negaki vaziyat (neft narxining hozirgi holati) Rossiya va Saudiya Arabistoni uchun juda yomon. Shuning uchun, ular kelishsa kerak”, degan Tramp jurnalistlarga.

Amerika yetakchisi shu kunlarda ikki davlat rahbari bilan ham telefonda muloqot qilganini eslatib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatini “juda yaxshi” deb baholagan.

Neft bozoridagi vaziyat

Joriy yilning mart oyi boshida neftga talabning tushishi ortidan narxlar ham ikki baravar pasaydi. Bunga koronavirus pandemiyasi hamda OPEC+ kelishuvi bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonining murosaga kelolmagani sabab bo‘ldi.

Natijada bungacha neft qazib olish va ishlov berish bo‘yicha amalda bo‘lgan cheklovlar bekor bo‘ldi. Saudiya Arabistoni rasman sutkalik neft qazib olish hajmini ko‘paytira boshladi. Bu ham o‘z navbatida neft narxiga salbiy ta’sir qilmay qolmadi.

Ayni vaqtda Brent markali neft narxi 6,02 foizga qimmatlashib bir barreli 26,23 dollarga baholanyapti. WTI nefti narxi 4,87 foizga ko‘tarilib, bir barreli 21,30 dollarga teng bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing