Putin Tramp bilan koronavirus va neft narxi bo‘yicha gaplashib oldi
Olam
−
31 mart 2020
9381Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi. Telefon suhbati Amerika tomon tashabbusi bilan amalga oshirildi. Bu haqda “Kreml” axborot berdi.
Davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasining dunyoga yoyilishidan xavotirini bildirib, bir-biriga Rossiya va AQSHda uni to‘xtatish uchun ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi. Ikki davlatning bu yo‘nalishda yanada yaqin aloqada bo‘lish imkoniyati muhokama qilindi.
Shuningdek, dunyo neft bozoridagi hozirgi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan. Bu yo‘nalishda vazirliklar orqali rossiya-amerika muloqotini yo‘lga qo‘yishga kelishilgan.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning ba’zi jihatlariga to‘xtalib o‘tilgan. Prezidentlar o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda AQSH koronavirus infeksiyasining tarqalishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 164 274 kishida koronavirus aniqlangan. Rossiyada esa 1836 kishida virus qayd etilgan.