Tramp “Rossiya bilan aloqalari” bo‘yicha hujjatlarni oshkor qilishga ruxsat berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp uning Rossiya bilan munosabatlariga aloqador barcha hujjatlarni oshkor qilishga ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, u AQSHning sobiq davlat kotibi Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha olib borilgan tergov hujjatlarini ochiqlashga ruxsat berdi.

“Men AQSH tarixidagi eng yirik siyosiy jinoyat – Rossiya bilan bog‘liq tovlamachilikka tegishli barcha hujjatlarni ochiqlashga ruxsat berdim. Shuningdek, Xillari Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq mojaro bo‘yicha ham”, degan Tramp.

Alohida postda Tramp “Rossiya bilan til biriktirgani” haqidagi barcha axborotni avvalroq oshkor qilganini eslatib o‘tgan.

“Afsuski, bizning mamlakatimiz uchun odamlar juda sekin harakat qilishdi, ayniqsa, bu mamlakatimiz tarixidagi eng katta siyosiy jinoyat deb o‘ylashdi. Harakat qiling!”, degan Tramp.

2016 yilgi saylovlarda Tramp g‘alaba qozongandan keyin demokratlar va Xillari Klinton Rossiya saylovlarga aralashganini iddo qilib chiqqandi. 

2019 yil aprelida AQSH adliya vazirligi maxsus prokuror Robert Myullerning Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha 2 yil davomida olib borgan tergovi natijalari bo‘yicha hisobotini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Myuller tergov davomida Rossiya 2016 yilgi saylovlarga aralashgani, biroq Tramp shtabining bunga aloqasi yo‘qligini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing