Tramp Rossiya bilan hamkorlikka nima to‘sqinlik qilganini aytdi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp hukmronligining katta qismida davom etgan tuhmat kampaniyasi unga Rossiya bilan aloqa o‘rnatishga va har ikki davlat uchun “juda yaxshi” natijalarga erishishga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda u “Fox”ga bergan intervyusida gapirgan.  

U 2016 yilgi saylov kampaniyasi paytida bo‘lib o‘tgan, go‘yoki Moskva bilan til biriktirganlik haqidagi ichki siyosiy muxoliflarning rad etilgan ayblovlarini eslagan. 

“Ammo bu (inkor etish) ikki yarim yil davom etdi va shu sababli bazi davlatlar bilan, xususan, Rossiya bilan aloqa qilish juda qiyin edi. Bilasizmi, biz Rossiya bilan juda katta ishlarni qilishimiz mumkin edi, ular mamlakatimiz uchun ham, Rossiya uchun ham juda yaxshi bo‘lardi. Ammo siz buni qila olmadingiz, chunki ular siz haqingizda: “Oh, u Rossiyani yaxshi ko‘radi” dedi. Bu odamlar kasal”, degan Tramp. 

Suhbat chog‘ida Tramp o‘zining prezidentlik davrini aks ettiruvchi fotoalbom reklamasini davom ettirgan. Ta’kidlanishicha, Tramp tanlagan suratlar orasida uning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan lavha ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, Trampning Trump Organization kompaniyasi Vashington markazida joylashgan Trump International Hotel’ga egalik huquqlarini 375 million dollarga sotishga rozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tramp

Baholaganlar

367

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing