Tramp Ronaldu va Messi bilan o‘rin almashishni istashini aytdi (video)
Sport
−
20 iyul 5693 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning hayotiga havas qilishini aytib, ular bilan qisqa muddatga bo‘lsa ham o‘rin almashishni istashini bildirdi. Bu haqida Tramp “Fox news” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Yaqinda Messi bilan uchrashdim, Krishtianuni esa anchadan beri taniyman. Ularning hayoti juda yaxshi. Hatto menikidan ham ancha osonroq. Rostini aytsam, ular bilan o‘rin almashgan bo‘lardim. Hech bo‘lmaganda bir oyga bo‘lsa ham”, deydi Tramp.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tdi. Final bahsi Nyu-Jersidagi “MetLayf” stadionida o‘tkazildi. Unda Ispaniya Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.
Tramp final uchrashuvini stadiondan kuzatdi va o‘yindan keyin FIFA prezidenti Janni Infantino bilan birga taqdirlash marosimida ishtirok etdi va Ispaniya futbolchilariga oltin medallar va Jahon chempionati kubogini topshirdi.