Tramp rasman prezidentlikka nomzod bo‘ldi
Olam
−
25 avgust 2020 9427 1 daqiqa
AQSHning Respublikachilar partiyasi rasman Donald Tramp nomzodini ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzod sifatida ko‘rsatdi.
Amaldagi Prezident nomzodini qayta ko‘rsatish uchun 1276 delegat ovozini olishi kerak. Bu o‘z navbatida rasmiyatchilik hisoblanadi. Chunki Tramp jiddiy raqobat yo‘q bo‘lgan sharoitda barcha respublikachilarni mag‘lub etgan.
Agar Tramp qayta saylansa, Mayk Pens yana vitse-prezident bo‘ladi. Partiya uning ham nomzodini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabrda o‘tkaziladi. Trampga Demokratlar partiyasidan Jozef Bayden raqobatchilik qiladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust