Tramp Pentagon rahbaridan norozi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatning hozirgi Mudofaa Vaziri Mark Esperdan norozi. Tramp Pentagon rahbari lavozimiga yangi nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda NBS News xabar bermoqda. 

Xabarga ko‘ra, Tramp o‘z maslahatchilari bilan uchrashgan va ular bilan Esperni ishdan bo‘shatish masalasini muhokama qilgan. Prezident Faxriylar ishlari bo‘yicha davlat kotibi Robert Uilki nomzodini ilgari surdi. U 2018 yilning yozida ushbu lavozimga tasdiqlangan edi. Prezident buni o‘tgan oy Oq uyda Uilki bilan bevosita muhokama qilgan.

Ta’kidlanishicha, Mudofaa Vaziri lavozimiga yana bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Davlat rahbari Mark Esperni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlarigacha ishdan bo‘shatishni rejalashtirmayapti.

12 avgust kuni Esper agar Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, uni ishdan bo‘shatishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. Shu bilan birga, Esper saylov natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, iste’fo berish niyatida bo‘layotganini aytgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp Pentagon

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing