Tramp Parijga bordi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bugun, 7 dekabr kuni Notr-Dam soborining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Parijga yetib bordi. Bu haqda manbasiga tayanib, “Agence France-Presse” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Trampning saylanganidan keyingi ilk xorijiy safaridir.

Soborning ochilish marosimi oldidan AQSHning saylangan prezidenti Yelisey saroyida Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron tomonidan qabul qilinadi.

Notr-Dam soborining ochilish marosimida 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Kuchli yong‘in uning tomi va ichki qismining bir qismini vayron qilganidan besh yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, sobor qayta ochilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta saylangan prezidentning Mar-a-Lago (Florida) qarorgohida Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashgandi. O‘shanda u Ottava noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasi muammosini hal qila olmasa, Kanada AQSHning 51-shtatiga aylanishi mumkinligi bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Donal'd Tramp Notr-Dam Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing