Tramp ortidan Netanyaxuga ham suiqasd uyushtirilishi mumkin – “Times of Israel”

Olam

image

AQSHning 45-prezidenti Donald Trampga 13 iyul kuni uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ham suiqasd qilinishi mumkin. Bu haqda “Times of Israel” gazetasi yozmoqda.

Nashrga ko‘ra, Isroil rasmiylari mamlakat Bosh vazirining hayotiga suiqasd qilinishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda. Isroil Vazirlar Mahkamasi kotibi Yosi Fuks kecha, 14 iyul kuni Quddus shahrida bo‘lib o‘tgan haftalik yig‘ilish vaqtida hukumatga muxolifat shaxslar tomonidan tasvirga olingan Netanyaxuga qarshi tanqidiy videolar tasmasini majlis ishtirokchilariga ko‘rsatib, uni muhokama qilgan. Yig‘ilishdan bir kun oldin Tramga qilingan tajovuzni ko‘z oldiga keltirgan Isroil hukumati vakillarida Bosh vazirga ham xuddi shu ko‘rinishdagi suiqasd bo‘lishi ehtimolidan xavotir boshlangan.

Shuningdek, 2 soat davom etgan yig‘ilishda vazirlar adliya tizimi, huquq-tartibot organlari va Bosh prokurorga jamoatchilik vakillarining Netanyaxu va uning oilasiga qarshi zo‘ravonlik holatlari hamda uning siyosatiga qarshi namoyish chuqur o‘rganilmagani uchun tanbeh berilgan.

Gazeta esa bu yig‘ilishdan asosiy maqsad – Bosh vazirga qarshi bo‘lib o‘tgan namoyishni tahlil qilib, unga yechim topish emas, aksincha, Tramp voqealaridan keyin Netanyaxu shaxsini himoyalash har qachongidan dolzarbligini hukumat a’zolariga yetkazish bo‘lganini yozgan.

Ma’lumot uchun, respublikachi Trampga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng, uni otgan odamning shaxsi ochiqlandi. Suiqasdni Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks uyushtirgani ma’lum bo‘ldi. AQSH prezidentligiga nomzodning hayotiga qilingan tajovuzga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan tortib, SpaceX asoschisi Ilon Maskkacha hamma liderlar o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham hujumni qoralab, unga sog‘liq tiladi. “New York Post” gazetasiga bergan intervyusida Tramp suiqasd oqibatida halok bo‘lishi mumkinligi, ammo mo‘’jiza yuz berganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp suiqasd Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made