Tramp oldinda. Baydenning Kongressga murojaatini necha kishi tomosha qildi?
Olam
−
30 aprel 2021
4877AQSH Prezidenti Jo Baydenning Kongressga murojaatini qariyb 11,6 million kishi tomosha qildi. Bu haqda "Deadline" nashri xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, tomoshabinlar soni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning shu kabi murojaatini tomosha qilganlardan ancha kam.
Trampning 2017 yilda Kongressga qilgan murojaatini televizor orqali 48 millionga yaqin kishi tomosha qilgan.
Shunindek, bu "Oskar" taqdimotining tomoshabinlari sonidan qariyb 2 million kishiga ko‘pdir. Amerika kinoakademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan bu yilgi "Oskar" mukofoti topshirish marosimini ABC telekanalida 9,8 million kishi tomosha qilgandi, bu "Oskar" tarixidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Bayden 28 aprel kuni (Toshkent vaqti bilan 29 aprel kuni ertalab) AQSH Kongressi Senati va Vakillar Palatasi a’zolariga murojaat qilgandi.
LiveBarchasi