AQSH Kongressiga Rossiya bilan “dizel bitimi”ni bloklovchi qonun loyihasi kiritildi

Olam

−

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasiga “Rossiya nefti bo‘yicha korrupsiyaviy bitimlarni taqiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kiritildi. U AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya dizel yonilg‘isini xarid qilish va import qilish bo‘yicha bitimini bloklashga qaratilgan. Bu haqda Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi demokratlarining saytida xabar berildi.

Qonun loyihasi hammualliflari orasida 16 nafar demokrat va bir nafar respublikachi bor. Hujjatda AQSH Moliya vazirligi tomonidan berilgan, Rossiya yonilg‘isi bilan bitim tuzishga ruxsat beruvchi bosh litsenziyalarni bekor qilish va kelajakda yangi litsenziyalar berishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Hujjat, shuningdek, Oq uyni Rossiya energetika sektoriga qarshi sanksiyalar joriy etishga majbur qiladi.

“Qo‘shma Shtatlar Kremlga bosimni kuchaytirishi kerak bo‘lgan bir paytda, Donald Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlash o‘rniga Putin bilan til biriktirib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida bitimlar tuzmoqda. Bu AQSH himoya qiladigan barcha tamoyillarga ziddir. Kongress harakat qilishi kerak”, deydi qonun loyihasini taqdim etgan Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasining demokratlardan bo‘lgan to‘ng‘ich a’zosi Gregori Miks.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgandi va shundan so‘ng Rossiya Amerika va jahon bozoriga dizel yonilg‘isi yetkazib beradigan “dizel bitimi”ni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing