Tramp og‘ir judolikka uchradi

Olam

image

Kecha, 13 noyabr kuni Trampning opasi, sudya Merienn Tramp Barri 86 yoshida Nyu-Yorkda vafot etdi.  Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Barri Manxetten shahrining Sharqiy tomonidagi uyida vafot etgan. 13 noyabr kuni erta tongda uyga politsiya chaqirilgan. O‘lim sababi ochiqlanmagan. Trampning matbuot kotibi voqea tafsilotlarini ochiqlashni istamagan.

Ma’lumot uchun, Merienn Tramp Barri 1983 yildan boshlab Nyu-Jersi shtatidagi federal sudya lavozimida faoliyat olib borgan. O‘n yil o‘tgach, prezident Bill Klinton Barrini Uchinchi tuman apellyatsiya sudi lavozimiga ko‘targan. U 2019 yilda oilasining soliq firibgarligi bo‘yicha tergovlar paytida nafaqaga chiqqan. 

Manbalarga ko‘ra, AQSHning sobiq prezidenti opasi bilan tez-tez uchrashib, suhbatlashib turgan, biroq Merienning Donald haqidagi tanqidiy fikrlari jamlangan audioyozuvlar paydo bo‘lgach, opa-uka o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushgan.

So‘nggi bir necha yil ichida Tramp bir nechta judoliklarga uchragan. Uning ukasi Robert 2020 yilda, birinchi rafiqasi Ivana esa 2022 yilda vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyev ham vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Tramp Merienn opasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing