Tramp niqob taqish borasidagi qarama-qarshi ko‘rsatmalarni yoqtirmasligini aytdi
Olam
−
23 Sentabr 2020
4616AQSH Prezidenti Donald Tramp ba’zida koronavirus infeksiyasidan himoyalanish uchun niqob taqib yurishini aytdi, ammo sog‘liqni saqlash mutaxassislarining bu boradagi qarama-qarshi ko‘rsatmalari unga yoqmasligini ta’kidladi.
"Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tibbiy niqob taqish bilan bog‘liq qarama-qarshi xabarlarni tarqatib kelmoqda", dedi u. Tramp ushbu masalaga munosabati "o‘rtacha" ekanligini ta’kidladi.
Prezident niqoblar bilan qulay ekanini tan oldi va ba’zi hollarda uni taqib yurishini aytdi. Tramp jamoatchilik oldida niqob taqqan holda faqat bir martagina paydo bo‘lgan. Uning o‘zi bunga sabab qilib, koronavirus uchun muntazam ravishda test topshirib turganini ko‘rsatdi.
Amerika rahbari, shuningdek, saylovoldi tashviqotlari paytida uning tarafdorlari koronavirus bilan kasallanish haqida o‘ylamasliklari kerakligini aytdi. U tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazish mutlaqo xavfsiz degan fikrni bildirdi. Donald Tramp tadbirlarning bunday formati unga ko‘proq yoqishini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Jozef Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.
LiveBarchasi