Tramp nega avval Putinga qo‘ng‘iroq qilganini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp dastlab Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, so‘ng Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilgani to‘g‘ri qaror bo‘lganini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 fevral kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Kimdir avval Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishim kerakligini aytdi. Men bunday deb hisoblamayman. Men Rossiya kelishuvga tayyormi yoki yo‘qligini aniqlashim kerak edi. Zelenskiyning bunga tayyor ekanini bilaman. Endi esa Rossiya ham shunday ekanini bilaman”, deya tushuntirdi u.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashgandi. Ular Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish, ikki tomonlama munosabatlar va boshqa masalalarni muhokama qilgan. Shuningdek, kelgusida muloqotni davom ettirish va shaxsiy uchrashuv tashkil etishga kelishib olgan. Keyinchalik, Tramp Zelenskiy bilan ham telefon orqali suhbat o‘tkazgan.

Putin bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Amerika yetakchisi ular Ukraina bo‘yicha muzokaralarni darhol boshlashga kelishib olganini ma’lum qildi. Prezidentlar, shuningdek, shaxsan uchrashishga kelishib, bir-birlarini o‘z mamlakatlariga taklif qilgan.

Kreml bayonotiga ko‘ra, Amerika Prezidenti jangovar harakatlarni imkon qadar tezroq tinch yo‘l bilan to‘xtatish tarafdori ekanini bildirgan. Putin esa “uzoq muddatli kelishuvga faqat tinch muzokaralar yo‘li bilan erishish mumkin”, degan fikrga qo‘shilgan.

Keyinchalik Ukraina Prezidenti qo‘ng‘iroqlar ketma-ketligini “yoqimsiz” deb baholagan. Zelenskiyning fikricha, Kiyev uchun ustuvor yo‘nalish – Ukraina va AQSH tomonlarining uchrashuvi bo‘lib qolmoqda. Uning aytishicha, bunday muzokaralar va jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha reja ishlab chiqilgach rossiyaliklar bilan gaplashish adolatli bo‘lardi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing