Trampning qarorgohida zenit-raketa komplekslari joylaştirildi
Olam
−
21:19 437 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Trampning Floridadagi Mar-a-Lago şaxsiy qarorgohi hududida zenit-raketa komplekslari joylaştirildi, AQŞ Prezidentining özi esa maxsus xizmatlarning xavfsizlikka tahdidlar ortgani haqidagi ogohlantirişi fonida bir neçta ommaviy saylovoldi tadbirlarini bekor qildi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
“AQŞ Maxfiy xizmati yuqori darajadagi tahdidlar şaroitida işlayapti va biz qöriqlanadigan şaxslarni himoya qiliş uçun ilğor qurollar, texnologiyalar hamda usullarni joriy etgan holda xavfsizlikni ta’minlaş böyiça operatsiyalarimizni doimo moslaştirib bormoqdamiz”, deydi gazetaga davlatning birinçi şaxslari xavfsizligini ta’minlovçi idora vakili.

“Palm Beach Daily News” naşri tomonidan e’lon qilingan fotosuratlar Tramp qarorgohidan uzoq bölmagan joydagi suzuvçi barjada ikkita “Avenger” havo hujumidan mudofaa tizimi joylaştirilganidan dalolat beradi. Bunday tizimlar “Humvee” zirhli avtomobillariga örnatilgan yaqin masofaga möljallangan raketalar bilan jihozlangan bölib, raketa zarbalari va past balandlikda uçadigan samolyotlarni uşlab qoliş uçun möljallangan.
Bundan taşqari, şu haftada Prezident Ayova va Kanzas ştatlarida tayyorlanayotgan saylovoldi tadbirlarida demokratlarning jiddiy ta’siriga qaramay, ularni bekor qilişini va ularning örniga telemarafonlar taşkil etilişini e’lon qilgan. Biroq keça, 30 oktyabr kuni Oq uy Tramp barbir yuzma-yuz tadbirlarni ötkazişga umid qilayotganini ma’lum qilgan. Prezident jadvali bilan taniş bölgan “The Telegraph” manbasining aytişiça, ikkala miting ham yakşanba kuni bölib ötadi.
Tahdidlarning yuqori darajasi fonida Mar-a-Lago atrofidagi havo hududi Maxfiy xizmatning söroviga binoan Trampning taşriflari vaqtida çeklanmoqda. Federal sud materiallariga köra, idora “nojöya tahdidlar”, jumladan, terroristik tahdidlar haqidagi ma’lumotlar munosabati bilan havo hududini doimiy asosda yopişni rejalaştirmoqda. Avgust oyida bir neçta “Avenger” qurilmalari Tramp golf öynagan Nyu-Jersi ştatidagi Bedminsterda ham köringan.
Live
Barchasi