Tramp neftga boj solish bilan po‘pisa qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp neft narxi hozirgi holatida qoladigan bo‘lsa, unga sezilarli boj joriy qilishini aytdi.

“Agar neft narxi hozirgi darajasida qolsa. Agar ular (Rossiya va Saudiya Arabistoni) kelishib olmasa, men boj joriy qilaman, juda salmoqli boj. Chunki hozir biz mustaqilmiz. Bizning o‘z neftimiz bor”, degan Oq uy xo‘jayini.

Tramp AQSH chetdan neft sotib olgisi kelmayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq, Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni neft narxi bo‘yicha kelishib olishiga umid bildirgandi. Amerika rahbari sutkalik neft qazib olish 10-15 mln barrelga qisqarishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Neft bozoridagi vaziyat

Joriy yilning mart oyi boshida neftga talabning tushishi ortidan narxlar ham ikki baravar pasaydi. Bunga koronavirus pandemiyasi hamda OPEC+ kelishuvi bo‘yicha Rossiya va Saudiya Arabistonining murosaga kelolmagani sabab bo‘ldi.

Natijada bungacha neft qazib olish va ishlov berish bo‘yicha amalda bo‘lgan cheklovlar bekor bo‘ldi. Saudiya Arabistoni rasman sutkalik neft qazib olish hajmini ko‘paytira boshladi. Bu ham o‘z navbatida neft narxiga salbiy ta’sir qilmay qolmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp neft'

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing