Erdöğan va Tramp bir sutka içida 2 marta telefonda gaplaşdi

Olam

−

image

Turkiya va AQŞ Prezidentlari Rajab Toyib Erdöğan hamda Donald Tramp bir sutka içida ikkinçi marotaba telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Turkiya OAVlari xabar berdi.

Qayd etilişiça, keça, 29 oktyabr kuni Tramp Erdöğanga qönğiroq qilib, Turkiy davlatlar taşkiloti yetakçilari sammitini ötkazişda muvaffaqiyat tilagan. Erdöğan, öz navbatida, Anqarada TDT sammiti ötkazilayotgani va unda muhokama qilinayotgan masalalar haqida ma’lumot bergan.

28 oktyabr kuni ham ikki mamlakat Prezidentlari telefon orqali sözlaşgan. Turkiya tomonining ma’lumotiga köra, Tramp va Erdöğan Turkiya hamda AQŞ örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni, şuningdek, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilgan.

Xabarga köra, Turkiya Prezidenti Makka bitimi mamlakatlari Hormuz böğozi va Yamandagi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib borayotganini hamda muammolarni diplomatik yöl bilan hal etiş uçun sa’y-harakatlarni amalga oşirayotganini ma’lum qilgan. Erdöğan, şuningdek, Anqara Rossiya va Ukraina örtasidagi diplomatik jarayonni qayta tiklaş böyiça sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston vakillaridan iborat Makka bitimi mamlakatlari delegatsiyasi Yaqin Şarqdagi nizoni deeskalatsiya qilişga erişiş maqsadida Tehronda Eron tomoni bilan muzokaralar ötkazgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing