Tramp Nyu-Yorkdagi firibgarlik ishi bo‘yicha sud majlisida qatnashmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kelasi hafta o‘zi va uning Trump Organization kompaniyasi ayblanuvchi bo‘lgan fuqarolik firibgarligi bo‘yicha sudda ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib xabar berdi.

Ishning mohiyati bo‘yicha sud majlisi ertaga, 2 oktyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan. Tramp sud majlisida advokatlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

“Sud Amerikaning sobiq rahbarining tashrifi munosabati bilan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rishga tayyor va bu masalada Nyu-York politsiyasi bilan ishlamoqda”, deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, Tramp sudda ham guvohlik berishni rejalashtirgan, biroq buni keyinroq qiladi. Bu ish bo‘yicha sud jarayoni dekabr oyida yakunlanishi kutilmoqda. Fuqarolik ishlarida qamoq jazosi yoki siyosiy faoliyatni cheklash nazarda tutilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va uning o‘g‘illari Nyu-York shtati qonunlarining “tizimli ravishda buzilishi uchun qonuniy javobgar” deb topilgangandi. Unga ko‘ra, qariyb o‘n yil davomida Tramplarning banklar va sug‘urtachilarga taqdim etgan moliyaviy hisobotlari soxta bo‘lgani aniqlangan. Sudyaning ta’kidlashicha, shu tariqa Tramplar bir necha bor firibgarlik qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing