Tramp muxlislarga umid berdi

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 4 aprel kuni koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun Shimoliy Amerika yirik sport ligalarining 12 ta vakili bilan telekonferensiya o‘tkazdi.

Prezident MBA musobaqasi sentyabr oyida o‘z vaqtida boshlanishi kerakligini aytdi va shuningdek, muxlislar stadionlarga avgust yoki sentyabr oyiga qadar qaytishlariga umid bildirdi.

Yuqorida aytib o‘tilgan vaqtda tibbiyot mutaxassislari pandemiya bilan bog‘liq hozirgi vaziyatda musobaqalar davom etadi, deb hisoblashadimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Konferensiya davomida MBA komissari Adam Silver ligalar birinchi bo‘lib ishni to‘xtatganini va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ruxsat berganidan keyin, birinchi bo‘lib musobaqani davom ettirishini ta’kidladi.

Milliy basketbol asosatsiyasi (MBA) AQSHda joriy yilning 11 mart kuni mavsumni to‘xtatgan birinchi liga bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi vaqtga qadar koronavirus pandemiyasi tarqalishi bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda turibdi. Qo‘shma Shtatlarda 311 635 kishi COVID-19 virusini yuqtirib olgan. 8 454 nafar shaxs ushbu infeksiya qurboni bo‘ldi. 14 825 bemor koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni dunyo bo‘ylab 1 202 715 nafarni tashkil etmoqda. 64 734 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 246 648 nafardan ziyod bemor koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Koronavirus MBA

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing