Tramp mag‘lubiyatga ko‘nikmoqda – OAV

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp 3 noyabrdagi saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tor doirada tan olmoqda, ammo o‘ziga ko‘proq e’tiborni jalb qilish uchun buni ochiqchasiga aytmayapti. Bu haqda kecha, 5 yanvar kuni “Politico” gazetasi o‘z manbalariga asoslanib, xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Amerika rahbari Senat va AQSH Kongressi Vakillar Palatasi qo‘shma majlisda saylangan Prezident Jozef Baydenning g‘alabasini ma’qullashini ham tushunib turibdi. 

Nashr manbasiga ko‘ra, Oq uy rahbari prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatdan “shunchaki ko‘ngli qolganini” tan olgan. Donald Tramp mag‘lubiyatiga so‘nggi haftalarda to‘liq ko‘nika boshlagan. 

Shuningdek, Tramp Vashingtonni tark etish va Florida shtatidagi Mar-a-Lago ko‘chmas mulkiga borish bo‘yicha rejani yordamchilari bilan muhokama qilgan. U shunchaki ko‘proq e’tiborni jalb qilish uchun saylovlarda qalloblik borligini ta’kidlashda davom etmoqda.

“Ushbu harakatlardan maqsad – o‘ziga nisbatan qiziqish uyg‘otish va yangiliklarning muhokama markazida bo‘lish”, deb tushuntirgan nashr manbasi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2020 yilning noyabr oyida Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblikni Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 306 ta saylovchi kollegiyalar ovozini, Tramp esa 232 ta ovoz olgan. G‘olib bo‘lish uchun 270 ovoz yetarli edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp saylov

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing