Tramp koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida gapirdi

Olam

image

AQSHdagi koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini, agar bu sodir bo‘lsa, birinchisi kabi bo‘lmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda aytib o‘tdi.

“Koronavirusning ikkinchi to‘lqini hozirgi darajada bo‘lmaydi“ deydi Tramp.

Trampning ta’kidlashicha, COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini, hozirgi mavsumdagi gripp to‘lqini bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelsa ham, birinchisi kabi katta zarar yetkazmaydi.

Xabar qilinishicha, joriy yilning 27 aprel kuni AQSHning Kolorado shtatida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq qator karantin cheklovlari olib tashlanadi. Shtat aholisiga ko‘chaga chiqishga ruxsat beriladi, ammo uyda qolish chaqirig‘i faqat tavsiya sifatida qoladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 842 376 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 152 286 nafari sog‘aygan, 46 769 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 643 321 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing