Tramp koronavirusni boshdan o‘tkazganiga qaramay, Bayden u bilan debatda qatnashmoqchi

Olam

image

AQSHdagi prezidentlik saylovlariga Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan ikkinchi debatni o‘tkazishga tayyor. Bu haqda CNN telekanalida ma’lum qilindi

"Agar shifokorlar hech qanday xavf yo‘qligini aytsalar, unda muammo yo‘q. Men mutaxassislar to‘g‘ri deb bilgan ishni qilishga tayyorman", degan Bayden Florida shtatiga uchishdan oldin.

Ta’kidlanishicha, ikkinchi debat 15 oktyabrga belgilangan. U Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, Tramp ham koronavirusni boshidan o‘tkazganiga qaramasdan debatda qatnashishni rejalashtiryapti.

Avvalroq, Baydenning saylovoldi shtabi debatni keyinga qoldirilishiga hech qanday qarshiligi yo‘qligini bildirgandi. 

Ma’lumot uchun, birinchi debat 29 sentyabrda o‘tkazilgandi. Unda nomzodlar bir-birlarini turli haqoratlar bilan "siylagan" edi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp muolajalardan so‘ng Uolter Rid harbiy shifoxonasidan chiqdi va Oq uyga qaytdi. Hozir u o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. 

AQSHdagi saylovlarga tobora yaqin qolmoqda. U joriy yilning 3 noyabrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Tramp Uolter Rid

Baholaganlar

23

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing