Tramp Kim bilan uchrashmoqchi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan kelajakda uchrashishni istashini aytdi. Bu haqda u kecha, 25 avgust kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

Amerikalik yetakchi Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob bergan.

“Biz qachondir uchrashamiz. Aslida men buni intiqlik bilan kutyapman”, deydi Tramp.

NBC’ning yozishicha, Tramp Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuv chog‘ida KXDR rahbari bilan ham uchrashishga umid bildirgan.

“Men uchrashuv o‘tkazishni istardim. Biz juda yaxshi til topishganmiz”, deydi AQSH Prezidenti.

Shuningdek, Tramp ikki Koreya o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga yordam bermoqchi ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, 2018 yil iyun oyida Donald Tramp va Kim Chen In ilk bor shaxsan uchrashgan tarixiy uchrashuv Singapurda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda sammitning asosiy mavzusi KXDRning yadroviy qurolsizlanishi bo‘lgan. Shundan so‘ng, Tramp va Kim Chen In Nobel mukofotiga nomzodlar sifatida ilgari surilgan.

2019 yilda esa Donald Tramp va Kim Chen In Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi demilitarizatsiya qilingan hududda uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing