Tramp XJSni sanksiyalar bilan “changallamoqchi”
Olam
−
07 fevral
3521Oq uy rahbari Donald Tramp Xalqaro jinoiy sudni AQSH va uning eng yaqin ittifoqchilari, birinchi navbatda, Isroilni noqonuniy nishonga olganlikda ayblab, unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Hujjatda aytilishicha, amerikaliklar yoki ularning ittifoqchilari, shuningdek, ularning oila a’zolariga qarshi tergovda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan moliyaviy va viza sanksiyalari qo‘llaniladi.
Trampning bu harakati o‘tgan hafta Senatdagi demokratlar respublikachilarning Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroil sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish orderlariga norozilik sifatida Xalqaro jinoiy sudga sanksiya qo‘llashga urinishini bloklagani ortidan bo‘ldi.
“XJS Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga asossiz orderlar berib, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qildi”, deyiladi buyruqda.
Unda ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar va Isroil “harbiylar urush qonunlariga qat’iy rioya qiladigan gullab-yashnayotgan demokratik davlatlardir”.
Avvalroq “Reuters” Gaagada joylashgan Xalqaro jinoyat sudi o‘z xodimlarini potensial cheklovlar sharoitida uch oylik maoshlarini oldindan to‘lash orqali AQSHning potensial sanksiyalaridan himoya qilish choralarini ko‘rganini yozgan edi.
Bu sud ikkinchi marta AQSHning javob choralariga duch kelmoqda. 2020 yilda Trampning birinchi ma’muriyati davrida Vashington XJS bosh prokurori Fatu Bensuda va yurisdiksiya direktori Fakiso Benchochoxoga qarshi AQSHning Afg‘onistondagi urush jinoyatlarini tergov qilgani uchun sanksiyalar kiritgandi.
Yanvar oyida AQSH Kongressining Vakillar palatasi Xalqaro jinoyat sudiga qarshi sanksiyalarni qo‘llash uchun ovoz berdi, biroq qonun loyihasi Senatda ovoz berishdan o‘ta olmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatni BMTning “antiamerikan” tashkilotlaridan chiqarish to‘g‘risida farmon imzolagandi. BMT Inson huquqlari kengashi va Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) shular jumlasidan. Trampning ushbu qarori yangilik emas. U o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida ham UNRWAʼni moliyalashtirishni to‘xtatgan, AQSHni BMT Inson huquqlari kengashi va Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO) a’zoligidan olib chiqqan edi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart