Tramp Xitoyning Gonkongdagi harakatlariga “kuchli“ javob bo‘lishini aytdi

Olam

image

Avvalroq, Xitoy ma’murlari Gonkong avtonom hududida milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qonun qabul qilish rejasini e’lon qilgan edi. Bunga javoban shahar aholisi ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazdi. Namoyishda hukumat kuchlari tomonidan 180 nafar odam qamoqqa olingani aniqlangan.

Shu munosabat bilan, kecha, 26 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Gonkongdagi vaziyat bilan bog‘liq Xitoyga qarshi choralar haqida yaqin kunlarda bayonot berish niyatida ekanligini aytdi. Lekin, Prezident bu hozircha sirligini ta’kidladi.

“Biz hozir bir narsa qilyapmiz, o‘ylaymanki bu sizga juda qiziq tuyuladi, lekin bugun men bu haqda gapirolmayman. Men bu haqda bir necha kundan keyin aytaman“, deydi Tramp.

Keyinchalik undan bu choralar Pekinga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni o‘z ichiga oladimi yoki yo‘qligini aniqlashtirishni so‘raldi. Tramp Xitoyga javob choralari kutilgandan ko‘ra kuchliroq bo‘lishini aytdi.

"Yo‘q, bu siz o‘ylagandek bo‘lmaydi. Javob choralari juda kuchli bo‘ladi", deb javob berdi Vashington ma’muriyati rahbari.

Avvalroq, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen, ehtimol, Xitoy tomoni milliy xavfsizlikka tegishli qonundan foydalangan holda, “aslida Gonkongni egallab olmoqchi“ ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqealar bunday rivojlangan taqdirda, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo, ehtimol Gonkong sezilarli darajada avtonomiyaga ega ekanligini tasdiqlay olmaydi va agar bu sodir bo‘lsa, Xitoyga qarshi sanksiyalar amal qiladi.

Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun

O‘tgan hafta Gonkongda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi yangi qonunni ishlab chiqish to‘g‘risida qaror Pekindagi Xitoy Xalq Xalq Kongressi (eng yuqori qonun chiqaruvchi organ) sessiyasining kun tartibiga qo‘yildi. Shu maqsadda, Xitoy ma’murlari maxsus ma’muriy hududda maxsus xavfsizlik agentliklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Ushbu qonun G‘arb mamlakatlari va Gonkong oppozitsiyasi tarafdorlarining xavotiriga sabab bo‘ldi. Ular bu yangilikni “bitta mamlakat — ikki tizim“ tamoyilining buzilishi deb hisobladilar, unga ko‘ra Gonkongga ko‘plab demokratik huquq va erkinliklar va yuqori darajadagi avtonomiya kafolatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy Gonkong

Baholaganlar

153

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing