Tramp Xitoy koronavirusni yengishiga ishonch bildirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 7 fevral kuni Twitter`dagi cahifasida  Xitoy yangi paydo bo‘lgan 2019-nCoV koronavirusi ustidan g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.

“Bu oson bo‘lmaydi, lekin muvaffaqiyat bo‘ladi, ayniqsa ob-havo isishi bilan virus zaiflashadi va yo‘q bo‘ladi”, dedi Tramp Xitoy raisi Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng.

Trampning ta’kidlashicha, AQSH epidemiya tarqalishiga qarshi kurashish uchun Xitoy bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 638 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 31 481 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp

Baholaganlar

94

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing