Tramp Xitoy bilan hisob-kitob qiladi

Olam

image
AQSH Prezidenti Donald Tramp ikkinchi bor prezidentlikka saylansa, Xitoy bilan "ko‘p narsa qilishga" va’da berdi
 
"Biz Xitoy bilan ko‘p ish qilamiz. Ularning bizga qilgani sharmandalik bo‘ldi", degan Oq uy rahbari.
 
U nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan. 
 
Shuningdek, Tramp Xitoy davlatini AQSH aholisini niqob taqishga majbur qilib qo‘yganlikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sharmandalik. 
 
Tramp saylovdagi raqibi Jo Baydenni esa Pekindan pora olganlikda aybdor qilib ko‘rsatgan.
 
Eslatib o‘tamiz, sehrli diyorning sobiq rahbari Obama "AQSHning dunyoda obro‘si toptalgani" da, koronavirus bilan kurashish uchun mamlakatda samarali choralar ko‘rilmaganida Trampni ayblagandi.
 
Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

667

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing