Tramp qamalib chiqdi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtatidagi Fulton okrugi qamoqxonasiga yetib keldi va u yerda 2020 yilgi saylovga aralashish ishi bo‘yicha rasmiy ravishda hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qamoqxonada Donald Trampning barmoq izlari olinib, tintuv qilingan va suratga tushirilgan. Shundan so‘ng, u 200 ming dollar garov evaziga ozod qilindi.

Tramp aybini tan olmayapti. U sodir bo‘layotgan voqealarni "adolat parodiyasi" deb atagan va unga qarshi ishni 2024 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan "saylovlarga aralashish" deb hisoblamoqda. 

“Bu yerda sodir bo‘lgan voqea adolat parodiyasidir. Biz hech qanday yomon ish qilmadik”, degan u qamoqxonadan ketayotib jurnalistlarga.

Fulton okrugi sherif idorasi esa sobiq prezidentning ma’lumotlarini va magshot (jinoyatchining hibsga olinganidan keyin olingan fotosurati)ni e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Trampningning vazni 97,5 kilogramm, bo‘yi 190,5 santimetr ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

O‘z navbatida, Donald Trampning o‘zi ham uzoq tanaffusdan so‘ng, X ijtimoiy tarmog‘iga (sobiq Twitter) o‘zining birinchi posti sifatida qamoqxonada tushgan suratini joylashtirgan. Surat tarixiy ahamiyatga ega, chunki AQSHning sobiq yoki amaldagi prezidenti hech qachon qamoqxonada suratga tushmagan. Suratga “hech qachon taslim bo‘lmang” va “saylovga aralashish” yozuvlari qo‘yilgan hamda siyosatchining veb-saytiga havola ilova qilingan.

Ma’lumot uchun, Jorjiya sudyasi joriy yilning 23 oktyabr kuni saylovga aralashish bo‘yicha ishni ko‘rishni boshlaydi, unda yana 18 kishi ishtirok etadi. Katta hakamlar hay’ati o‘tgan hafta bu ish bo‘yicha ayblovlarni tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha sobiq prezident Donald Trampga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan. Bular maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash, moliyaviy hisobotlarini soxtalashtirish, 2020 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, hokimiyatda qolishga va saylovlardagi mag‘lubiyatini bekor qilishga urinish hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing