Tramp ishini ko‘rayotgan sudga bomba bilan tahdid qilindi

Olam

image

Nyu-York sudiga sudya Nyu-York shtati bosh prokuror Letitsiya Jeymsning AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi da’vosi bo‘yicha sud majlisini ochmoqchi bo‘lganida bomba tahdidi haqida xabar berildi. Bu haqda 21 mart kuni sud vakiliga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, 911 xizmatiga kelib tushgan qo‘ng‘iroq o‘rganilib, sud binosi vaqtincha yopilgan va ko‘zdan kechirilgan, tahdid asossiz deb topilgan. 

Tramp bir necha bor o‘ziga nisbatan noxolislikda ayblagan Letitsiya Jeyms boshchiligidagi Nyu-York prokuraturasi Trump Organization moliyaviy hisobotlari bilan firibgarlik bo‘yicha ish ochdi. Prokurorlarga ko‘ra, Trampning sobiq advokati Maykl Koen sobiq pornografik aktrisa Stefani Kliffordga (Stormi Deniels nomi bilan tanilgan) o‘z mablag‘lari hisobidan 130 ming dollar to‘lagan, keyinroq Tramp tashkiloti ushbu pulni advokatga qoplab bergan. Prokuratura kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini qalbakilashtirish tovon to‘lash uchun sodir etilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Aynan shu mumkin bo‘lgan qalbakilashtirish protsessning predmeti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Nyu-York politsiyasi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning ayblovi sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing