Turkmanistonda un taqchilligi. Ayollar tuman rahbariga tashlandi
Olam
−
11 may 2020
9326Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida ayollar un taqchilligi sababli viloyat rahbariga hujum qildi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” gazetasi yozmoqda.
9 may kuni Toshhovuz viloyatining Turkmanboshi tumani rahbari Serdar Meredov “Yalkim” (Ýalkym) qishloq xo‘jaligi birlashmasi markazidagi paxta dalalarini tekshirish uchun keladi.
Bu paytda mahalliy do‘kon kam qolgan unni davlat narxida sotayotgan bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, odatda un har bir oilaga haftasiga 5 kilogramm (ba’zan kamroq) sotilgan.
Nashrning yozishicha, ayollar Meredovni qurshab olib, uni un yetishmayotganlikda ayblab, norozilik bildira boshlagan. Chunki tuman rahbarining qarori bilan ilgari 25 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan Atgirlan (Atgyrlan) massividagi yerlarning katta qismi paxtaga o‘tkazilgan edi. Endi bug‘doy hosili kamida 15 000 tonnaga tushib ketgan.
“G‘azablangan ayollardan qochgan xokim u yerga politsiyani yubordi. Politsiya ayollarni so‘roq qilish uchun qishloq klubiga olib bordi. Etrap markazining tezkor xodimlari hukumat vakiliga hujum qilish uchun ayollarni nima bezovta qilganini aniqlashga harakat qildi”, deb yozadi gazeta.
So‘nggi yillarda hatto Turkmaniston poytaxtida ham un va non ta’minotidagi uzilishlar kuzatilmoqda. Avvalroq, poytaxtdagi non do‘konlarida turnaqator navbatlar vujudga kelgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi